Yutuqlarimiz

#Xush_xabar. Navoiy shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari asosiy fanlar boʻyicha Respublika fan olimpiadasi viloyat bosqichida 12 ta diplomni qoʻlga kiritib, umumjamoa sifatida 1-oʻrin sohibiga aylandi. Yana bir quvonarli jihati shundaki, ushbu natija bilan maktab-internat oʻquvchilari Respublika maktablari orasida peshqadam boʻlib turibdi. Barcha oʻquvchilarimizga keyingi bosqichlarda omad tilab qolamiz.
📚 “Yosh kitobxon” tanlovining Navoiy viloyati bosqichi bo’lib o‘tmoqda.

Kitob o‘qish uchun ikki asos bor: birinchisi – sen bundan rohatlanasan. Ikkinchisi esa – sen bu bilan maqtanishing mumkin!

15-19 yosh toifasidan Navoiy viloyati Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati 9-sinf oʻquvchisi Muzaffarov Aziz faxrli 🥇1-o’rinni qo’lga kiritdi. Respublika bosqichida omad tilaymiz.