Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida informatika fan o‘qituvchilari Faxriddinova Sayyora, Raxmonova Gulbahorlar tomonidan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida » Besh tashabbus – axborot texnologiyalari bilan» shiori ostidagi «Stamina» kòrik-tanlovini o’tkazishdi. Ko’rik tanlov qizg’in bo’lib o’tdi. Sinflar kesimida g‘oliblikni qo‘lga kitirgan o‘quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi
#ZAKOVAT. Navoiy shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oʻquvchilar oʻrtasida «Zakovat» intelektual oʻyinining maktab ligasi, navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtdi. Mazkur oʻyin qiziqarli bahs va munozaralarga boy boʻldi.#Kitobxonlik. 📜Navoiy shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internati «Kitobxonlik» toʻgaragi rahbari Matluba Yusupova hamda Kutubxona rahbari Feruza Haqqievalar tomonidan oʻquvchilar oʻrtasida Gʻafur Gʻulomning «Shum bola» qissasi oʻrganildi. 6-sinf oʻquvchilsri tomonidan asar asosida sahna koʻrinishi namoyish etildi.