Tadbirlar

Navoiy shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati psixologi Dildora Shonazarova tomonidan 10-01 sinf o’quvchilari o’rtasida «Impuls» jamoaviy ishlash, tezkorlikni oshirish, fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, diqqatni bir joyda jamlash va «Hayot daryosida birga suzamiz» treninglari hamda «qo’l sezgisi» psixologik mashqi o’tkazilib, o’quvchilarning darsdan zo’riqishlari oldi olinib, ruhiy xotirjamlikka erishildi.
Navoiy shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oʻquvchilarga motivatsiya berish va ularning ingliz tilida muloqot qila olish qobilyatlarini yaxshilash maqsadida Hindiston – Oʻzbekiston Trade-Exhibition kompaniyasi rahbari Mr. Pradeep Kumar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqot davomida oʻquvchilarni qiziqtirgan savollariga xorijlik mutaxassis atroflicha javob berdi. Qolaversa janob Kumar oʻquvchilarimizga kelajakda yetuk mutaxassis boʻlish uchun nimalarga eʼtibor berish kerakligi haqida oʻzining tavsiyalarini berdi. Uchrashuv koʻtarinki kayfiyatda yakunlandi.