1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida olimpiadalar

Olimpiadalar

Joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
✍️Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o’quvchilarining 4 nafari Respublika fan olimpiadasining III bosqichi (viloyat) da g’oliblikni qo’lga kiritishdi.
1-o’rin Hazratov Mardon  Usmonovich – INFORMATIKA fanidan
3-o’rin Ne’matov Ozodbek Oybek òģli   – INFORMATIKA fanidan
3-o’rin G‘aybullayev Feruzjon Ilg‘or o‘g’li-FIZIKA fanida
3-o’rin Ibodillayeva Charos Sunnatillo qizi – MATEMATIKA fanidan

Navoiy shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 4 nafar oʻquvchisi Xalqaro fan olimpiadalari saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.