
FIZIKA
Fizika atrofimizdagi nihoyatda ulkan va murakkab olamning eng umumiy xossalarini, uning eng umumiy harakati turlarini, bu harakatlarni tavsiflovchi qonunlarni hamda hodisalar orasidagi munosabatlarni o’rganadi.
Harakatning fizika o’rganadigan eng sodda va umumiy turlari-mеxanik harakat, issiklik harakati, elеktromagnitik harakat, gravitatsion , atom va yadro ichidagi jarayonlar uning murakkabroq va oliy turlari ( kimyoviy va biologik harakat) bilan uzviy bog’langandir. Masalan, elеktromagnitik o’zaro ta’sir qonuniyatlari fizik jarayonlarni ham kimyoviy jarayonlarni ham boshqarib turadi. Shuning uchun fizika tabiatshunoslik fanlari orasida alohida o’rin tutib, ularni taraqqiyoti uchun asos bo’lib xizmat qiladi.