
Matematika haqida
Matematika tarixdan ilgarigi davrlarga borib taqaladi. Yaʼni birinchi abstrakt matematik tushuncha bu – natural son. Matemetikaning keng koʻlamda rivoj topishi antik Yunonistonda geometriyadagi katta yutugʻlar bilan belgilanadi. Matematikaning paydo boʻlishida har xil savdo-sotiq, yer taqsimlash, qurilishlar va vaqtni oʻlchash kabi amaliy masalalarni hal qilish, yechish katta ahamiyat kasb etgan.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy (arab محمد بن موسى الخوارزمي) – (taxminan 780-850 yillarda yashagan) – mashhur O’rta Osiyolik musulmon matematigi, astronomi, astrologi, geografi, hamda qomusiy olimidir.
Matematika bizning maktabimizda ham chuqur o’rgatiladi. Bu fanga yo’naltirilgan maktablarimiz ham mavjud. Matematika fanidan dars beruvchi o’qituvchilarimiz matematikani juda ham mukammal o’rganganlar va bizni ham shunga da’vat etadilar. Matematika insonning hayoti davomida juda ham kerakli bo’ladigan fanlarining asosi hisoblanadi. Bu sohani bilmagan inson kelajakda o’z yo’lini topishda qiynaladi deb o’ylayman.
Matematik fanlarning sohalari turli-tuman bo’lishiga qaramay, ular umumiylik belgisi ostida bitta predmetga birlashtirilgan. Bu umumiylik belgisini quyidagi matematikaga berilgan ta’rifidan yaqqol ko’rish mumkin:
Matematika-haqiqiy borliqning miqdoriy munosabatlari va fazoviy formalaridir.